Ushbu kitob an’anaviy tabobatda qo‘llaniladigan, dorivor o‘simlik chiqindilaridan — xususan tarvuz po‘chog‘i, urug‘i va limon po‘chog‘idan olinadigan biologik faol oziq-ovqat qo‘shimchalarini yaratishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot natijalariga bag‘ishlanadi. Kitobda o‘simlik xomashyolarining kimyoviy tarkibi, ularning biologik faol komponentlari, makro va mikroelementlari, vitaminlari hamda tabiiy antioksidantlari batafsil tahlil qilingan.
Tadqiqot jarayonida zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari — HPLC, ICP-MS, UV-spektroskopiya, antioksidant va antiradikal faollik testlari qo‘llanildi. Olingan natijalar asosida inson salomatligi uchun foydali, ekologik jihatdan toza va yuqori biofaollikka ega oziq-ovqat qo‘shimchalarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berilgan.
Shuningdek, kitobda tarvuz va limon chiqindilaridan buyrak tosh kasalligini davolash va oldini olishga mo‘ljallangan yangi biologik faol oziq-ovqat qo‘shimchalari — “Asnarmun” va “Asbaxt”ni yaratish texnologiyasi yoritilgan. Ularning kimyoviy tarkibi va mahsulotga Yagona Tovar Tasniflagichi (Harmonized System) qoidalariga muvofiq yangi kod berish jarayoni ham batafsil bayon etilgan.
| Pages: | 120 |
|---|---|
| Published: | 2026 |
| ISBN: | 979-8-89966-400-7 |
| Language: | Uzbek |
| Category: | Chemistry |